Главная » 2015 » Июль » 8

Putin matbuot kotibi AQShga uyushtirilgan xakerlik hujumlarida Rossiyaning roli haqidagi Xillari Klintonning bayonotini izohladi


  • bekzod
  • 08 Июл 2015(22:20)
  • 449
  • 0
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klintonning Amerika muassasalariga uyushtirilgan “xakerlik hujumlariga bevosita yoki bilvosita aloqador” mamlakatlar qatorida Rossiyani ham sanab o‘tganini “o‘rinsiz bayonot” va “asossiz ayblov” deb atadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda boshqa mamlakatlar bilan munosabatlar o‘rnatish o‘rniga bunday ayblovlar yangramoqda. Buni asosli yondashuv deb bo‘lmaydi”, — dedi Dmitriy Peskov.

Rossiya prezidenti matbuot kotibining qayd etishicha, “xakerlik — bu xalqaro muammo va bunga davlat tomonidan homiylik qilinishi haqida gapirish — mutlaqo asossiz ayblovdir”.

Xillari Klintonning so‘zlariga ko‘ra, AQSh davlat muassasalariga uyushtirilgan kiberhujumlarga, Rossiyadan tashqari, Xitoy, Eron va KXDR ham aloqadordir.
Всего комментариев: 0
avatar