Главная » 2015 » Декабрь » 7

Qayta tiklangan iPhone 6 Plus amerikalikning cho‘ntagida yonib ketdi


  • News
  • 07 Дек 2015(20:16)
  • 666
  • 0
Qayta tiklangan iPhone 6 Plus amerikalikni barchaning ko‘z oldida yechinishga majbur etdi: qurilma jabrdiydaning jinsi shimi cho‘ntagida yonib ketdi.

O‘zini haqiqiy ismini aytmay, Rokki deb tanishtirgan jabrdiyda xaridlarini avtomobiliga joylashtirayotganida shimining oldi cho‘ntagida kuchli achishishni his etadi. Bir necha soniya o‘tgach u yerdan tutun ko‘tarila boshlaydi va Rokki shimini yechishga majbur bo‘ladi. Smartfon cho‘ntak va ichki kiyimni butkul kuydirib ulgurgan, shim tezda yechilgani uchungina oyoqqa o‘tmagandi.

Jabrdiydaning aytishicha, Apple bu smartfonni 2014-yilda sotgan, oldingi egasidan so‘ng boshqa kompaniya qurilmani qayta tiklagan, 2015-yil oktabrida esa Rokkini uni xarid qilgan. Qurilmani tiklagan servis yigitga 24 soat davomida boshqasini jo‘natishga va’da berdi, biroq Rokki bu yetarli emasligi, kimdir qo‘ng‘iroq qilib, undan kechirim so‘rashini kutayotganini bildirdi.
Всего комментариев: 0
avatar