Главная » 2015 » Июль » 18

Qirg‘iziston hukumati Rossiya aviabazasiga uyushtirilayotgan terrorchilik harakatining oldi olinganligini ma’lum qildi


  • Admin
  • 18 Июл 2015(12:07)
  • 377
  • 0

Qirg‘iziston davlati Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakatda yo‘q qilingan IShID jangarilari Rossiyaning Kant shahridagi harbiy bazada terrorchilik harakatini sodir etishga tayyorgarlik ko‘rganligini ma’lum qildi. Bu haqda RBC xabar beradi.

 

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakili Rohat Suleymonovning ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston fuqarosi Jonpo‘lat Amirov boshchilik qilgan terrorchilar rossiyalik harbiy xizmatchilar yashayotgan uyni portlatish, ularning qurollari va vertolyotini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

O‘tkazilgan bir qator maxsus operatsiyalar davomida terrorchilar guruhi yakson etildi. Ulardan portlovchi modda, avtomat va to‘pponchalar, hamda ko‘p miqdordagi granatalar olib qo‘yildi.

 

 

 
loading...
Всего комментариев: 0
avatar