Главная » 2015 » Июль » 17

Qirg‘izistonda 2 ta maxsus operatsiya natijasida olti nafar jangari yo‘q qilindi


  • Admin
  • 17 Июл 2015(17:14)
  • 372
  • 0

Qirg‘izistonda o‘tkazilgan ikkita aksilterrorchilik operatsiyasi natijasida olti nafar jangari yo‘q qilindi,deya xabar bermoqda “RBK”.

 

Maxsus operatsiyalardan biri, avval xabar berganimizdek, Bishkekda bo‘lib o‘tdi.  Jangarilar Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maxsus bo‘linmasi xodimlariga o‘qotar qurollar yordamida faol va qat’iy qurolli qarshilik ko‘rsatdi. Operatsiya chog‘ida to‘rt nafar MXDQ xodimlari turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi, ular tibbiyot muassasalariga yotqizildi.

Taxminlarga ko‘ra, o‘ldirilgan jangarilar Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan hamda Qozog‘iston hududida tuzilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan terrorchilik tashkiloti tarmog‘iga kirgan.

Ikkinchi maxsus operatsiya Lebedinovka qishlog‘ida GES-5 hududida o‘tkazilgan, natijada ikki jangari yo‘q qilingan.

 

 

 

Теги: Qirg‘izistonda 2 ta maxsus operatsi

Всего комментариев: 0
avatar