Главная » 2015 » Сентябрь » 23

Qirg‘izistondagi 4,7 balli yer qimirlashi O‘zbekistonda sezildi


  • News
  • 23 Сен 2015(08:17)
  • 543
  • 0
2015-yil 22-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:43 da Qirg‘izistonda yer qimirladi. Bu haqda “Toshkent” seysmik stansiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qirg‘iziston hududida yuz bergan zilzila Rixter shkalasi bo‘yicha 4,7 ballni tashkil etgan. Zilzilaning Qirg‘izistondagi koordinatasi: 41,15 daraja sharqiy uzunlik va 72,20 daraja shimoliy kenglikda.

Seysmik stansiyaning ma’lum qilishicha, yer silkinishi Namanganda 2 balli, Farg‘onada 3 balli sezilgan. Poytaxtda esa 1 balldan pastroq bo‘lgan.

Теги: 7 balli yer qimirlashi O‘zbekistond, Qirg‘izistondagi 4

Всего комментариев: 0
avatar