Главная » 2015 » Ноябрь » 12

Qiziqchi Shukrullo Isroilov kelini Halimaga qarindoshligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi


  • News
  • 12 Ноя 2015(18:35)
  • 604
  • 0
Qiziqchi Shukrullo Isroilov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida kelini Halima Ibragimovaning jiyani ekanligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“Yo‘g‘-ey, unday emas. Yo‘q, Halimaga qarindoshligi yo‘q”, — dedi Shukrullo Isroilov.

Qiziqchining aytishicha, kelini ziyoli oilaning farzandi, ota-onasi ham juda bama’ni odamlar. “Yaxshi oila, farzandlari oqila, deyishdi. Muhimi, tarbiyasi chiroyli”, — deydi san’atkor.

“San’atkormiz, ko‘p to‘ylarda qatnashamiz, kechagina to‘y qilib, bugun ajrashayotganlarni ko‘rib, xafa bo‘lib ketaman. Hammasi to‘ydan avval bir-birini surishtirmagani, bilmagani, mayda gapni ko‘paytirish oqibatida kelib chiqadi. O‘zim qiyinchilik ko‘rib ulg‘ayganim uchun bunday narsalarga jim qarab turolmayman, har narsaning uvoli bor axir!”, — deydi qiziqchi.

Shukrullo Isroilovning aytishicha, kelin — birovning farzandi, uni avaylab-asrash kerak. “Ammo birovning qizi ham shu xonadonni o‘z uyim deb bilib, sharoitiga moslashishi lozim. Yoshlarimizning ko‘pi buni tushunmaydi”, — deya qo‘shima qildi qiziqchi.

Eslatib o‘tamiz, Shukrullo Isroilov 20-oktabr kuni to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyunni uylantirgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumot uchun, Shukrullo Isroilovning ikki o‘g‘il va bir qiz farzandi bor.
Всего комментариев: 0
avatar