Главная » 2016 » Март » 9

“Qo‘lingdan kelsa, qillaring!”. Onasining oyog‘ini o‘payotganini suratga olgani uchun tanqid ostida qolgan Farhod Badalov


  • voydodaxek
  • 09 Мар 2016(12:33)
  • 939
  • 0

Aktyor, rejissor va prodyuser Farhod Badalov onasining oyoqlarini yuvib, o‘pib qo‘yayotgani tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fotosurat 8-mart, seshanba kuni “Shov-shuv.uz” sayti asoschisi Jasur Hamroyev tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ham joylashtirilgan.

“Aktyor, prodyuser va rejissor Farhod Badalov juda ibratli ishga qo‘l urdi. Respekt! Onani qanchalar sevish va qadrlash mumkin? Bu borada har kimning o‘z javobi bor!”, — deb yozadi suratni tarmoqqa yuklagan Jasur Hamroyev.

Suratlarda Farhod Badalov onasining oyoqlarini yuvib qo‘yayotgani, o‘pib ham qo‘ygani, shundan so‘ng oyoqlarni sochiq bilan artib qo‘yayotgani tasvirlangan. Surat ostida fikr bildirganlarning bir guruhi Badalovning bu harakatini olqishlagan.

“Hamma onalarga shunday o‘g‘ilning mehrini ko‘rish nasib etsin”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. “E, yashavoring! Farzand bo‘lsa shunday bo‘lishi kerak”, — deb qo‘shimcha qilgan boshqa bir foydalanuvchi. Yana bir kommentator bu holat “har bir farzandning burchi ekani, yoshlar o‘rnak olishi kerakligi”ni ta’kidlagan.

Ayni vaqtda, bir qator foydalanuvchilar suratdagi holatni emas, balki bu suratning e’lon qilinishini keskin tanqid ostiga olgan, suratning omma e’tiboriga havola etilishini Farhod Badalovning piari, reklamasi deb baholagan.

“Sharmanda… Bunaqa ish qachondan beri shov-shuv bilan qo‘l uriladigan noyob narsa bo‘lib qoldi? ‘Onajon, bundoq turing, shu joyini rasmga olvolay’, deyishni o‘zi sharmandalik. Atrofimda qarib qolgan onasining boshqa zaruratlarini hech malol olmay, ovoza qilmay qilayotgan o‘g‘illar bor. Qiladi-da, ona ham ularni tagligini almashtirayotganida rasmga olib, simyog‘ochga qoqmagan-ku! Shunchaki sharmanda”, — deb yozadi bir foydalanuvchi.

“Bu yaxshiku-ya, lekin hammaga ko‘z-ko‘z qilinadigan narsa emas”, — deb yozadi yana bir foydalanuvchi. Boshqa biri esa: “Piar, riyodan boshqa narsani ko‘rmayapman”, — deb fikr bildirgan. Salbiy ruhdagi kommentlar ketma-ketligidan so‘ng, muhokamalarga post muallifi Jasur Hamroyev hamda Farhod Badalovning o‘zi ham qo‘shilgan.

Xususan, foydalanuvchining: “Bu suratda piar, riyodan boshqa narsani ko‘rmayapman”, — degan kommentiga, Badalov: “Buni ko‘rish uchun rostakasim ko‘z kerak”, — deb fikr bildirgan. Boshqa bir foydalanuvchining: “Qo‘lidagi qimmatbaho soat o‘rniga onaning oyog‘i ostiga yaxshiroq gilam to‘shasa bo‘larmidi”, — degan gapiga, Badalov: “Senga nima? Sen 15 qavat gilamga o‘tqazib, shunday qil, qoyil qolaman. Lekin kovlamayman. Bu palos shu yerdagi ayrim odamlardan qimmat — men uchun ham, onam uchun ham”, — deb javob bergan.

Yana bir foydalanuvchining: “Sho‘rlik ona”, — deb qoldirgan izohiga, Badalov shunday javob yozgan: “Hoy, aqlli! Bu mening jannatim onam. Senda bo‘lsa kerak sho‘rlik ona. Agar bu dunyoda ona kimligini bilsang, onamga til tekkizma”, — debjavob bergan. Bunga javoban, “Sho‘rlik ona” deb izoh yozgan foydalanuvchi Badalovga maslahat bergan: “Ona kimligini har holda sendan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Sening riyokorliging sababidan shu ahvolga tushib o‘tiribdilar. Undan ko‘ra post yozganga ayt, o‘chirib tashlasin”.

Suratga nisbatan: “Ahmoqona!”, — deb komment qoldirgan foydalanuvchiga javoban, Badalov shunday degan: “Mening o‘rnimga o‘zingni, onamning o‘rnilariga onanglarni qo‘yib, yaxshilab o‘ylab ko‘r, birodar”.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar