Главная » 2015 » Июль » 18

Ramazon hayiti munosabati bilan Islom Karimovga xorijiy mamlakatlar rahbarlari nomidan qutlovlar kelmoqda


  • Admin
  • 18 Июл 2015(12:06)
  • 340
  • 0

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

 

Jumladan, AQSh Prezidenti Barak Obama, Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Abu Dabi Amirligi Valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Iordaniya Podshohi Abdulloh Ikkinchi bin al-Husayn, O‘mon Sultoni Qobus bin Said, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn As-Sisi, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev, Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi Iyad bin Amin Madaniy yo‘llagan tabriklarda O‘zbekiston rahbariga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar