Главная » 2015 » Июль » 15

Ramzan Qodirov Chechenistonda IShIDning hidi ham bo‘lmasligiga va’da berdi


  • Admin
  • 15 Июл 2015(19:54)
  • 1018
  • 0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov IShID terrorchilik tashkiloti mintaqaga biror shaklda kira olmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: ria.ru

“Biz bu ‘Iblis davlati’dan Shimoliy Kavkazda qanday filiallar ochgani va ta’sir doirasi kengayayotgani haqida eshityapmiz. Men bu shaytonlar biror narsaga suyanolmasligini ma’lum qilmoqchiman, Chechenistonda ularning bazasi ham, filiali ham, hidi ham bo‘lmaydi”, − dedi Qodirov.

Qodirovning aytishicha, terrorchilarning uyushgan guruhlari Checheniston hududiga kirishga urinsa – bu ularning hayotidagi eng so‘nggi ishi bo‘ladi.

 

 

 
loading...
Всего комментариев: 0
avatar