Главная » 2015 » Март » 6

Ramzan Qodirov ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolishni giyohvandlikka o‘xshatdi


  • Admin
  • 06 Мар 2015(17:21)
  • 584
  • 0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Amerikaning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanishga qarshi chiqib, bolalarga WhatsApp va shunga o‘shagan messenjerlardan foydalanishda cheklov qo‘yishni taklif qildi, deb xabar bermoqda LifeNews.

“Yoshlar hozir televizor ko‘rmaydi, gazeta o‘qimaydi – ular o‘tirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qiladi. Biz yoshlar ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishi uchun ular bilan ishlaymiz”, − dedi Qodirov. Ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolishni giyohvandlikdan ham yomon kasallik deb atagan Checheniston rahbari zamonaviy jamiyatni buzayotgan turli mish-mishlar aynan virtual tarmoq orqali tarqalayotganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, turmush o‘rtog‘i va farzandlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirmasligini aytgan Ramzan Qodirovning o‘zi ulardan faol foydalanadi. Jumladan, Checheniston rahbarining Instagram’dagi sahifasi 850 mingdan ortiq obunachiga ega 4,7 mingdan ortiq xabar yozilgan.

Всего комментариев: 0
avatar