Главная » 2015 » Октябрь » 24

Ravon avtomobillari narxi e’lon qilindi


  • News
  • 24 Окт 2015(13:29)
  • 2156
  • 0
GM Uzbekistan kompaniyasi 8-oktabr kuni Moskvada taqdim etgan yangi Ravon brendi avtomobillarining narxlari e’lon qilindi.

Ravon Nexia R3 modeli Chevrolet Aveo birinchi avlodining qiyofasi o‘zgartirilgan variantidir, yangi sedan xetchbekdan o‘zlashtirilgan old qismi bilan farq qiladi. Yangi Nexia’ning narxi 379 ming rubl (6 ming dollar)dan 529 ming rubl (8 400 dollar)gacha.

Ravon boshqa avtomobillari narxini ham ma’lum qildi: Matiz 314 ming rubl (5 ming dollar) va Gentra 439 ming rubl (7 ming dollar).

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan kompaniyasi 8-oktabr kuni Moskvada Uz-Daewoo o‘rniga kelgan yangi Ravon brendi taqdimotini o‘tkazgan edi. Endi o‘zbekistonlik avtomobil ishlab chiqaruvchining mahsulotlari xorijda shu brend ostida sotiladi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar