Главная » 2015 » Декабрь » 28

Ravshan Ermatov Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha 2015-yilning eng yaxshi hakami deb topildi


  • News
  • 28 Дек 2015(03:07)
  • 692
  • 0

O‘zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov Globe Soccer Awards sovriniga ega chiqdi.

Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha 2015-yilning eng yaxshi hakami bo‘lish uchun quyidagi referilar da’vogarlik qilgandi: Junayt Chaqir (Turkiya), Vilmar Roldan (Kolumbiya), Xoel Agilyar (Salvador), Bakari Papa Gassama (Gambiya) va Norbert Xauata (Taiti).

Tashkilotchilar yakunda aynan Ravshan Ermatovni yakunlanayotgan yilning eng yaxshi hakami deb topdi.

Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami bo‘lgan Ermatov 2015-yil Osiyo Chempionlar Ligasi final uchrashuvida ishladi.

 
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar