Главная » 2015 » Ноябрь » 26

Rayhon: qahvangga qancha shakar qo‘shish kerakligini biladigan inson yoningda bo‘lishi kifoya ekan


  • News
  • 26 Ноя 2015(18:45)
  • 676
  • 0
Xonanda Rayhon G‘aniyeva Instagram’dagi sahifasiga egizak farzandlari — Islom va Imron bilan tushgan suratlarini muntazam ravishda joylashtirib boradi.

Shunday suratlardan birining ostida xonanda farzandlari uchun Allohga shukrona bildirgan bo‘lsa, yana birida ko‘nglidan o‘tgan kechinmalari bilan o‘rtoqlashgan.

“Ulg‘ayganing sari arzon spektakl va fitnalardan uzoqda yurishni istarkansan kishi. Shunchaki shinam uy, oila davrasidagi shirin taom, farzandlarning kulgusi va baxti, shuningdek, qahvangga qancha shakar qo‘shish kerakligini biladigan inson yoningda bo‘lishi kifoya ekan”, — deb yozadi Rayhon.

Eslatib o‘tamiz, Rayhon 2012-yil noyabrida aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan edi, 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandli bo‘ldi. 2015-yil yanvarida Rayhon Yigitali bilan ajrashayotganini tasdiqladi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar