Главная » 2015 » Июль » 10

Rejissor Rustam Sa’diyev rossiyalik taniqli aktyorlar ishtirokida yangi film suratga olishni boshladi


  • News
  • 10 Июл 2015(21:46)
  • 848
  • 0
Rejissor Rustam Sa’diyev Toshkentda ishchi nomi “Baron” bo‘lgan yangi filmni suratga olishni boshladi.

Film dunyodagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblangan narkotrafik — narkotik vositalar kontrabandasi haqida hikoya qiladi. Unda Ulug‘bek Qodirov, Dilnoza Kubayeva, Javohir Zokirov, Behzod Hamroyev kabi o‘zbek aktyorlari bilan bir qatorda, Andrey Smolyakov, Pavel Priluchniy, Viktor Verjbitskiy, Farhod Mahmudov kabi rossiyalik mashhur aktyorlar rol o‘ynaydi.

Kartina ijodkorlari film syujetini aniq oshkor etmayapti, biroq film ekshn sahnalarga boy, o‘tkir syujetli janrda tasvirga olinayotganligini ma’lum qildi. Syomka ishlari nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiya va Turkiyada ham olib boriladi.

Manba: Daryo.uz

Теги: Rejissor Rustam Sa’diyev rossiyalik

Всего комментариев: 0
avatar