Главная » 2015 » Октябрь » 15

Rekord o‘rnatish uchun tovuq Twitter’da blog yuritishga majbur qilindi


  • News
  • 15 Окт 2015(09:57)
  • 601
  • 0
Tovuqdan tayyorlangan taomlar tayyorlashga ixtisoslashgan Chicken Treat yemakxonalar tarmog‘i Twitter mikrobloglar servisida qahramoni Betti laqabli parranda bo‘lgan reklama kampaniyasini boshladi.

Internet-nashrning kompaniya bayonotiga asoslanib yozishicha, Betti Twitter’ning ingliz tilida so‘zlashuvchi o‘quvchilari uchun tanish bo‘lgan so‘zlarni yoza olgan ilk tovuq sifatida jahon rekordini o‘rnatish niyatida.

Rekord hisobga olinishi uchun tovuq ingliz lug‘atlariga kiritilgan va kamida to‘rt harfdan iborat istalgan so‘zni yozishi kerak. Buning uchun Bettining qafasiga kompyuter klaviaturasi joylashtirilgan.

Aksiya 8-oktabr kuni start olgan bo‘lib, rekordni qayd etish uchun tovuqda 30-oktabrga qadar muhlat bor. Chicken Treat tomonidan YouTube’da e’lon qilingan rolikda Betti qanday qilib ijtimoiy tarmoqlardan foydalanayotganini ko‘rish mumkin.

Hozircha rasmiy @ChickenTreat blogida parranda nomidan paydo bo‘lgan tvitlar tasodifiy terilgan belgilar to‘plamidan iborat. Betti “yozgan” tvitlarga #chickentweet heshtegi ilova qilinmoqda.

“Komyutini-menejerlarning jiddiy raqibi paydo bo‘ldi”, — deb aksiyaga hazil aralash fikr bildirdi Twitter foydalanuvchilaridan biri. “Eng yaxshi parol generatori”, — dedi boshqa bir tviter.

Aksiyani mantiqsiz deb hisoblovchilar chiqdi. “Chicken Treat tovuqlaridan biri — Betti tovuq go‘shti yeyishga da’vat qilmoqda. Tushunmayapman”, — deyiladi tvitda.
Всего комментариев: 0
avatar