Главная » 2016 » Август » 18

Rim papasidan Ramzan Qodirovgacha: yo‘l harakati qoidalarining yuqori mansabli qoidabuzarlari


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(11:48)
  • 213
  • 0
“AiF” yo‘l harakati qoidalarini buzgan yuqori mansabli qoidabuzarlar bilan taniltirdi.Shvetsiyaning 29 yoshli o‘rta ta’lim va kasbiy tayyorgarlik vaziri Aida Xajialich yo‘l harakati qoidalarini bir marta buzgani uchun iste’fo berdi. Uni mast holda mashina haydagani uchun jarimaga tortishdi, u bir necha qadah vino ichganini tan oldi. Shundan so‘ng u lavozimini tark etishga qaror qildi. Undan farqli o‘laroq, Britaniya energetika va iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha vaziri Kris Xyun 2012-yilda oddiy yo‘l qoidasiga rioya qilmagani uchun ishdan haydaldi. Bunga tezlikning biroz oshirilgani emas, balki amaldorning javobgarlikdan qochishga uringani sabab bo‘ldi. Hodisa to‘qqiz yil avval sodir bo‘lgan, o‘shanda vazir aybni o‘z xotiniga ag‘dargan, ammo ular ajrashgach, rafiqasi bor haqiqatni oshkor etgan. O‘tgan yilning oxirida Polsha prezidenti Anjey Duda Krakovda avtomobilini noto‘g‘ri parkovka qilgani uchun 100 zlotiy (taxminan 25 dollar) hajmidagi jarimaga tortildi. Dudaning mashinasini uning qizi boshqargani ma’lum bo‘ldi, u jarimani to‘lab, avtomobilni boshqatdan parkovka qildi. Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov esa shu yil yozda velopoygadagi suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi. E’tiborli foydalanuvchilar mansabdor velosipedni avtomagistralda haydayotganiga diqqat qaratdi, bu yo‘l harakati qoidalariga ziddir. Politsiya tezkorlik bilan javob ko‘rsatib, Masimovga 10 605 tenge jarima soldi. O‘tgan yili Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham ijtimoiy tarmoqdagi roligi tufayli yo‘l harakati xavfsizligi nozirligi e’tiboriga tushdi va unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi. Rolikda Qodirov mashina boshqarayotib, farzandlari bilan qo‘shiq kuylagani aks etgan, unda hech kim xavfsizlik kamarini taqmagan. Yuqorida tilga olingan amaldorlardan farqli ravishda, Rim papasi jarimadan qutulib qoldi. 2011-yilda Dortmund fuqarosi (o‘shanda Rim papasi Benedikt XVI edi) Rim papasi Germaniyada xavfsizlik kamarini taqmagan holda yurgani haqida shikoyat qildi. Ammo politsiyachilar Rim papasiga rasmiy tashriflar chog‘ida yo‘l harakati qoidalari amal qilmasligini aytdi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar