Главная » 2016 » Август » 19

Rio–2016. 4×100 metrga estafeta saralashida qayta yugurish imkonini qo‘lga kiritgan AQSh ayollar termasi final bosqichiga chiqdi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(13:13)
  • 225
  • 0
Rio–2016 Olimpiadasining 4×100 metrga estafeta saralashida qayta yugurish imkonini qo‘lga kiritgan yengil atletika bo‘yicha AQSh ayollar terma jamoasi imkoniyatidan foydalanib, musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda “TASS”. Avvalroq saralash bahslarida amerikalik sprinterlar estafeta tayoqchasini tushirib qo‘ygani va asosiy guruhdan 20 soniya ortda qolib, so‘nggi o‘rinni egallagani haqida xabar qilingandi. IAAF’ning apellyatsion hakamlar guruhi vaziyatni qayta ko‘rib chiqdi va tayoqcha tushib qolgan vaqtda raqibalar bilan kichik to‘qnashuv bo‘lganini xulosa qildi hamda AQSh termasini aybsiz deb topdi. 4×100 metrga yugurish estafetasining final bosqichiga chiqish uchun amerikalik yengil atletikachi qizlar 42,70 soniya bilan sakkizinchi bo‘lgan xitoyliklardan yaxshiroq natijani qayd etishi kerak edi. Ularning ko‘rsatkichi 41,77 soniya bo‘ldi va bu saralashning eng yaxshi natijasi sifatida qayd etildi. Ushbu yo‘nalishda Yamayka (41,79 soniya), Buyuk Britaniya (41,93), Germaniya (42,18), Ukraina (42,49), Nigeriya (42,55) Trinidad va Tobago (42,62) va Kanada (42,70) ayollar terma jamoasi ham finalga yo‘llanma oldi. Ma’lumot uchun, AQSh ayollar terma jamoasi 4×100 metrga yugurish estafetasida amaldagi chempion hisoblanadi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar