Главная » 2015 » Декабрь » 23

Rokki va Remboning liboslari 3 million dollarga sotildi


  • News
  • 23 Дек 2015(23:25)
  • 336
  • 0
Rokki” va “Rembo” filmlari bilan bog‘liq buyumlar savdoga qo‘yilgan auksion 3 million dollar daromad keltirdi.

Silvestr Stallonening shaxsiy garderobidagi Rokkining teri kostyumi 149 ming dollarga sotildi, aktyor “Rembo: birinchi qon” filmida paydo bo‘ladigan poncho (o‘rtasida bosh uchun joy qoldirilgan mato) esa 60 ming dollarga xaridorini topdi.

Auksion uch kun davomida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. Stallone uning ochilish kuni ishtirok etdi. Savdolardan tushgan mablag‘ning bir qismi urush faxriylar jamg‘armasiga o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Теги: Rokki va Remboning liboslari 3 mill

Всего комментариев: 0
avatar