Главная » 2016 » Июнь » 24

Ronaldoning onasi: Ikkita gol, golli uzatma va Portugaliya 1/8 finalda


  • voydodaxek
  • 24 Июн 2016(11:51)
  • 1022
  • 0

Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyru mamlakat termasining Vengriyaga qarshi (3:3) o‘yinidan so‘ng Instagram’dagi sahifasida muxlislarga murojaat yo‘lladi.

“Endi u hech narsa qilmayapti, deb ko‘ringchi. Ikkita gol, golli uzatma va Portugaliya termasi nimchorak finalda”, – deb yozdi Dolores Aveyru.

Qariyb bir kun davomida Dolores Aveyruning murojaatiga 700 dan ortiq izoh qoldirilgan, 25 mingga yaqin foydalanuvchi “layk” bosgan.

Всего комментариев: 0
avatar