Главная » 2015 » Ноябрь » 22

Ronaldu: Irina Sheyk bilan munosabatlarim unga filmdan o‘rin beradigan darajada muhim emasdi


  • News
  • 22 Ноя 2015(18:07)
  • 490
  • 0
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu rossiyalik model Irina Sheyk bilan munosabatlari futbolchi haqidagi hujjatli filmdan o‘rin oladigan darajada jiddiy bo‘lmaganini bildirdi.

Film rejissori Entoni Vonkening so‘zlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining hayotidagi bu sahifani ham sig‘dirish uchun film qisqalik qildi.

“Inson hayoti davomida muvaffaqiyatli va omadsiz damlar bo‘ladi. Shuningdek, unchalik muhim hisoblanmaydigan davrlar ham bo‘ladi”, — deya Krishtianuning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Estadio.ec”.

“Biz Irina ishtirokida bir necha lavhalarni suratga olgandik, hatto u bilan birga tushlik ham qilgandik. Biroq film juda qisqa”, — dedi Vonke.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar