Главная » 2015 » Ноябрь » 21

Rossiya IShID marralariga “Biznikilar uchun” va “Parij uchun” degan yozuv bitilgan bombalar tashladi (video)


  • News
  • 21 Ноя 2015(17:09)
  • 793
  • 0

Rossiya aviatsiyasi Suriyadagi IShID marralariga tashlagan bombalarga “Biznikilar uchun” va “Parij uchun” degan yozuv bitilgan. Buni aks ettiruvchi video Rossiya mudofaa vazirligining YouTube’dagi sahifasida joylashtirilgan.


“Xmeymimdagi aviabaza uchuvchilari va texnik xodimlari terrorchilarga
“aviapochta” orqali “maktub” yuborishdi”, — deyiladi videoyozuvga ilova qilingan matnda.

Bombalardagi yozuvlar 31-oktabrda Sinay yarim orolida qulagan Rossiyaning A321 samolyoti va 14-noyabrga o‘tar kechasi Parijda ro‘y bergan teraktlarga taalluqli. Ularning har ikkisiga ham IShID bevosita aloqador bo‘lgan.

Всего комментариев: 0
avatar