Главная » 2015 » Ноябрь » 24

Rossiya parlamenti deputatlari Turkiyani terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda aybladi


  • News
  • 24 Ноя 2015(19:00)
  • 573
  • 0
Rossiyalik siyosiy arboblar Turkiya—Suriya chegarasi yaqinida Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishiga munosabat bildirdi.

“Turkiyaning havo kengliklari muntazam ravishda buziladi, bunga mazkur mamlakatning geografik joylashuvi sabab. Turkiya munosabatlarni keskinlashtirish yo‘lida ongli ravishda qadam bosdi. Turkiya terrorchilarga [Suriya prezidentiga qarshi kurash olib borayotganlarga] qurol-yarog‘ va o‘q-dori yetkazib beradi, Suriya hukumati kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotganlarga nisbatan dushmanona kayfiyatda”, — dedi Davlat dumasining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Leonid Kalashnikov.

Rossiya Davlat dumasining mudofaa ishlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Vladimir Komoyedovning ta’kidlashicha, Rossiya samolyoti Turkiya havo kengliklariga kirmagan. Uning fikricha, Turkiya tomoni qurol ishlatmasdan, samolyotni qo‘ndirib, vaziyatga oydinlik kiritishi maqsadga muvofiq edi. “Turkiya o‘z havo kengliklaridan baham ko‘rsa yaxshi bo‘lardi, axir biz ularning-da manfaatlarini himoya qilyapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi rossiyalik deputat.

Davlat dumasining MDH bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Vasiliy Lixachev xulosa chiqarishga shoshilmaslikka chaqirdi. “Dastlab to‘liq axborotni to‘plab olaylik. O‘ylashimcha, Turkiya va unga qo‘shni mamlakatlardagi Rossiya diplomatik xizmatlariga mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv olib borish, bunda xatolik yuz berganmi-yo‘qmi, aniqlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan”, — dedi u “RBK”ga bergan intervyusida.
Всего комментариев: 0
avatar