Главная » 2016 » Август » 19

Rossiya, Qozog‘iston va Belarus Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasini sudga berdi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(08:50)
  • 215
  • 0
Rio—2016 Olimpiadasidan keyin Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasiga tegishli har qanday musobaqalardan chetlashtirilgan uchta mamlakat — Rossiya, Qozog‘iston va Belarus Xalqaro Arbitraj Sudiga da’vo arizasi berdi. Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi mazkur uch mamlakat sportchilarini doping qoidalarini buzganlikda ayblab, 1 yilga musobaqalardan chetlashtirgandi. Bu haqda tashkilot prezidenti Tamash Ayan shaxsan o‘zi ma’lum qilgandi, deb xabar berdi “Olamsport”. Xalqaro Arbitraj Sudi ishni qachon ko‘rib chiqishi ma’lum qilinmagan. Bunga qadar Germaniya og‘ir atletika terma jamoasi O‘zbekiston va yana bir qator mamlakatlarni doping qoidalarini buzishda ayblab, ularni turnirlardan chetlatish kerakligiga sha’ma qilib o‘tgandi.

Теги:

loading...
Всего комментариев: 0
avatar