Главная » 2015 » Ноябрь » 12

Rossiyada dasturchini aldamoqchi bo‘lgan firibgar iPhone’siz qoldi


  • News
  • 12 Ноя 2015(16:10)
  • 308
  • 0
Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida istiqomat qiluvchi dasturchi Artyom Kulikov qanday qilib firibgarga firib berganini so‘zlab berdi. Avatariga model Diana Melisonning suratini joylashtirgan “Ksyusha” taxallusli noma’lum shaxs dasturchidan iCloud’dagi parolini o‘zgartirishni so‘ragan.

Firibgarlar mantig‘i bo‘yicha, jabrlanuvchi shaxs o‘z iPhone’i yoki iPad’i akkaunti o‘rniga firibgar tomonidan taklif qilingan foydalanuvchi nomi va parolni kiritishi kerak. Shundan so‘ng jabrlanuvchining qurilmasini masofadan turib blok qilish, parolini o‘zgartirish va gadjetni qaytarish uchun pul talab qilish mumkin.

Biroq Kulikov “Ksyusha” bergan ma’lumotlarni telefoniga kiritmay, noutbuk orqali icloud.com sayti orqali akkauntga kirgan. Keyin, firibgarning qurilmasi “iPhone SeReGa H@CK3R” deb nomlanishini, “Ksyusha”ga hech ham o‘xshamayotganini ko‘rgan.

Firibgarni jazolash maqsadida Kulikov “xaker”ning qurilmasini blok qilib, parolini o‘zgartirib qo‘ygan. Bundan tashqari, “xaker Seryoga”ning telefoni ekraniga: “Firibgarlar azob tortishi shart!”, — degan yozuvni chiqargan.

Shundan so‘ng “Ksyusha”ning shu vaqtgacha “o‘g‘irlangan” iPhone’i esa shu zahoti topilgan. U yuz bergan voqeadan hech ham xursand emasdi.

Endi xaker Seryoganing iPhone smartfoni yo‘q.

Теги: Rossiyada dasturchini aldamoqchi bo

Всего комментариев: 0
avatar