Главная » 2015 » Март » 5

Rossiyada ishlab chiqarilgan oq YotaPhone 2 smartfoni taqdim etildi


  • Admin
  • 05 Мар 2015(22:26)
  • 522
  • 0

Yota Devices kompaniyasi MWC 2015 ko‘rgazmasi doirasida YotaPhone 2’ning yangi versiyasini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.

Avvalroq YotaPhone 2’ning qora versiyasi namoyish etilgan edi. Oq smartfon texnik jihatdan farqlanmaydi, biroq ba’zi bir o‘ziga xosliklarga ega bo‘ldi.

Smartfon ikkita ekranga ega ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Asosiy displeyi 1920×1080 pikselli 5 dyuymli rangli ekran bo‘lsa, ikkinchisi “elektron siyoh” texnologiyasi asosidagi 960×540 pikselli 4,7 dyuymli oq-qora orqa ekrandir.

Oq-qora ekranda telefonni blokdan chiqarmasdan turib, asosiy ekrandagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin, bu qurilmaga bir marta olgan quvvatni 50 soatgacha yetkazish imkonini beradi.

YotaPhone 2 to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 800 protsessori, 2 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 8 megapikselli asosiy va 2 megapikselli old kamera, shuningdek 2550 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ldi.

 

Всего комментариев: 0
avatar