Главная » 2015 » Ноябрь » 12

Rossiyada yangi yadro quroli haqidagi axborot tasodifan tarqalib ketdi


  • News
  • 12 Ноя 2015(13:39)
  • 978
  • 0
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-noyabr kuni mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish masalalari bo‘yicha majlis o‘tkazdi. Telereportajga “Status-6” ko‘p maqsadli okean tizimi tilga olingan hujjat tasviri tushib qoldi.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov efirda haqiqatan ham maxfiy hujjat ko‘rsatilganini tasdiqladi — kadrlar telekanallar saytlaridan olib tashlandi.

Reportaj skrinshotida tizim maqsadi aniq ko‘rinib turibdi: “Keng radioaktiv zararlanish hududlarini yaratish orqali dushmanning sohil hududidagi muhim iqtisodiy obyektlarini vayron qilish va mamlakat hududiga kafolatlangan noma’qul zarar yetkazish”.

“Status-6” nomi taqdimot teleefirda ko‘rsatilmagunicha, Rossiya internetida biror marta tilga olinmagan. Maxfiy qurilma haqida axborot paydo bo‘lgach, bloglarda buning tasodif ekanligi yoki ataylab uyushtirilgani haqida muhokamalar boshlandi. Peskov maxfiy taqdimotning bitta sahifasi tasodifan tarqalib ketganini tasdiqladi. Shu bilan birga, u maxfiy ma’lumot tarqalishi yuzasidan kimdir jazolangani haqida hech narsa bilmasligini ma’lum qildi.
Всего комментариев: 0
avatar