Главная » 2015 » Декабрь » 20

Rossiyalik kosmonavt Xalqaro kosmik stansiya bortida turib, Yerdagi robotni boshqardi


  • News
  • 20 Дек 2015(22:58)
  • 336
  • 0
Rossiyalik kosmonavt Xalqaro kosmik stansiya bortida turib, robotni Yerda Mars tuprog‘iga o‘xshatib qurilgan labirintdan o‘tkazdi. Bundan tashqari, u robotni harakatlari Yerdan nazorat qilingan boshqa bir robot bilan juftlikda boshqardi.

Boshqaruv maxsus joystik orqali amalga oshirildi, shuning hisobidan orbitadan signal uzatishdagi 0,1 soniya kechikish qoplandi, kosmonavt esa robotning harakatini va uning atrof-muhit bilan aloqasini his qildi. Shuningdek, Volkov monitorda tasvirlarni — harakatlarini telemetriya signallari nazorat qilgan robotning videosi va uch o‘lchamli modelini ko‘rib turdi.

Kosmosda turib, Yerdagi robotlarni boshqarish bo‘yicha ilmiy eksperiment rahbari Vladimir Zaborovskiy ta’kidlashicha, kosmonavtning orbitada turib Yerda harakatlanayotgan robotni boshqarishi tarixda birinchi marta sodir bo‘ldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, XKS bilan 20 ta aloqa seansi davomida kosmik robotlarni boshqarish bo‘yicha o‘nta funksional topshiriqning oltitasi bajarilib bo‘lgan.

Теги: Yerdagi robotni boshqardi, Rossiyalik kosmonavt Xalqaro kosmik

Всего комментариев: 0
avatar