Главная » 2015 » Декабрь » 7

Rossiyalik sportchi 12 soat davomida salkam 5 ming marta turnikda ko‘tarilib, dunyo rekordini o‘rnatdi


  • News
  • 07 Дек 2015(20:14)
  • 619
  • 0
Krasnoyarsklik Nikolay Kaklimov 12 soat davomida 4989 marta turnikda ko‘tarilib, dunyo rekordini o‘rnatdi.

5-dekabr, shanba kuni sudyalar kollegiyasi tomonidan qayd etilgan rekord videoyozuvini Rossiya rekordlar kitobi va Ginnes rekordlar kitobi qo‘mitalariga yuborish rejalashtirilmoqda. Oldingi dunyo rekordi chexiyalik Yan Karesga tegishli bo‘lib, u 2014-yili 6 soatda 3378 va 12 soatda 4654 marotaba turnikda ko‘tarilgan.

54 yoshli poliatlon bo‘yicha sport ustasi Nikolay Kaklimov oldinlari ham Rossiya rekordlar kitobidan o‘rin olgan, jumladan, shu yil avgust oyida 30 daqiqa mobaynida 494 marotaba turnikda tortilgandi.
Всего комментариев: 0
avatar