Главная » 2016 » Январь » 26

Rossiyaliklar havo sharida parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini yangiladi


  • voydodaxek
  • 26 Янв 2016(02:15)
  • 370
  • 0

Rossiyalik sayohatchi Fedor Konyuxov va havoda uchish bo‘yicha sport ustasi Ivan Menyalo issiqlik aerostatida parvoz bo‘yicha jahon rekordini yangiladi: havo shari 30 soatdan ziyod osmonda bo‘ldi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Oldingi jahon rekordi (29 soat, 14 daqiqa, 35 soniya) 1993-yil 25-yanvarda amerikalik Uilyam Bassi tomonidan o‘rnatilgandi. Havoda uchuvchilar xalqaro federatsiyasi (FAI) qoidalariga ko‘ra, yangi rekord qayd etilishi uchun avvalgi ko‘rsatkich bir foizga yaxshilanishi lozim.

Rossiyaliklar Tula viloyatining Sonino aerodromidan parvoz qilgan. Havo sharining tashqi tomoni muzlashni boshlagani uchun sayyohlar ayrim jihozlar va kiyim-boshdan voz kechishlariga to‘g‘ri kelgan.

Всего комментариев: 0
avatar