Главная » 2016 » Март » 19

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida avtomobili evakuatsiya qilinayotgan erkak olamdan o‘tdi


  • News
  • 19 Мар 2016(08:36)
  • 394
  • 0
Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida avtomobili evakuatsiya qilinayotgan erkak olamdan o‘tdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 39 yoshli erkak markaziy univermagga kelgan va Ford Focus mashinasini nogironlar uchun mo‘ljallangan joyga qo‘ygan. Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘i bilan do‘konga kirib ketgan. Oradan biroz o‘tgach signalizatsiya tovushini eshitib, ko‘chaga chiqqan va o‘zini tashlab yuborib, qazo qilgan. Uning evakuatsiya qilinayotgan mashinasiga yaqinlashmagani aytilmoqda.

Jasadni ko‘zdan kechirgan tergovchilar kriminal ko‘rinishdagi shikastlanishlarni aniqlamadi. Hodisa yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!
Всего комментариев: 0
avatar