Главная » 2015 » Сентябрь » 7

Rossiyaning Sputnik agentligi o‘zbek tilidagi saytini ishga tushirdi


  • News
  • 07 Сен 2015(16:55)
  • 741
  • 0
Sputnik multimedia axborot agentligi “Sputnik O‘zbekiston” axborot portalini ishga tushirdi.

Yangi portal o‘zbek va rus tillarida faoliyat olib boradi. Loyiha sputniknews-uz.com, oz.sputniknews-uz.com, ru.sputniknews-uz.com manzillarida joylashgan bo‘lib, dolzarb xalqaro mavzulardagi xilma-xil fikrlarni yoritishga ixtisoslashgan.

Portalning o‘zbek tilidagi talqini Sputnik’ning abxaz, arab, arman, gruzin, doriy, ingliz, ispan, kurd, qozoq, qrim-tatar, qirg‘iz, latish, moldovan, ozarbayjon, nemis, polyak, portugal, pushtu, serb, turk, tojik, ukrain, fin, fransuz, xitoy, hind, eston va yapon tillaridagi versiyalari qatorini to‘ldiradi.

“Sputnik o‘z mushtariylariga turfa kontent — infografika, video, fotoreportajlar, onlayn efirlar, internet-so‘rovnomalarni, yangiliklardan tashqari tahliliy maqolalar, eksklyuziv intervyular va ekspertlarning mulohazalarini taklif qiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar