Главная » 2016 » Август » 19

Ruminiya mamlakatga Turkiyadan AQSh yadro qurolini olib kelinayotganini rad etdi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(10:45)
  • 137
  • 0
Ruminiya TIV mamlakatga Turkiyadagi Injirlik harbiy bazasidan AQSh yadro quroli olib kelinishi boshlangani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. “Tashqi ishlar vazirligi mazkur ma’lumotni keskin rad etadi”, — deyiladi TIV xabarida. Vashington va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani asnosida AQSh Turkiyadan Ruminiyaga yadro qurolini olib kelishni boshlagani haqida ikki mustaqil anonim manbaga tayanib, Bryusselda joylashgan Euroactiv internet-nashri ma’lum qildi. Manbalarga ko‘ra, qurolni olib o‘tish texnik va siyosiy jihatdan katta muammolar tug‘diradi. Biroq AQSh va Turkiya munosabatlari harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng shunchalik keskinlashganki, endi Vashington bundan buyog‘iga Anqaraga qurolini saqlashni ishonmaydi. Aslahalarni Ruminiyadagi Deveselu aviabazasiga tashish boshlandi. Ma’lumot uchun, Turkiyadagi Injirlik bazasida AQShning 50 ga yaqin B61 yadro bombasi saqlanadi. Harbiy to‘ntarishga urinish chog‘i Turkiya hukumati AQSh aviatsiyasiga Injirlik bazasidan uchish va qo‘nishni man etdi, baza qo‘mondonini esa fitnaga aloqadorlikda aybladi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar