Главная » 2016 » Август » 19

Sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt o‘zini Pele va Muhammad Aliga tenglashtirdi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(12:10)
  • 258
  • 0
Olimpiya o‘yinlarining 8 karra chempioni yamaykalik sprinter Useyn Bolt sportda isbotlashi kerak bo‘lgan boshqa hech narsa qolmaganini aytib o‘tdi. Bunday fikrni u Rio–2016 Olimpiadasi axborot xizmatiga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”. Yamaykalik sprinter Rio–2016 Olimpiadasida 100 (9,81 soniya) va 200 metrga (19,78 soniya) yugurish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritib, sakkiz karra Olimpiada chempioniga aylandi. “Men isbotlashim kerak bo‘lgan hech narsa qolmadi. Buyuk ekanimni yana nima bilan isbotlashim mumkin? Men mashhur futbolchi Pele va afsonaviy bokschi Muhammad Ali singari sportchilar qatorida bo‘lish uchun harakat qilyapman. Umid qilamanki, Riodagi Olimpiadadan keyin ulardan biriga aylanaman”, – dedi Bolt. Bolt, shuningdek, Riodagi Olimpiada uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. “O‘ylashimcha, bu mening so‘nggi Olimpiadam”, – dedi 29 yoshli sportchi. Useyn Bolt Pekin–2008 va London–2012 o‘yinlarida uchta yo‘nalishda jami 6 ta oltin medalga sazovor bo‘lgandi. 2015-yilgi jahon chempionatida yamaykalik uchta oltin bilan 11 karra jahon chempioniga aylangandi. Ushbu natija yengil atletika tarixida eng yaxshisi sifatida qayd etildi. Bolt 100 va 200 metrga yugurish bo‘yicha amaldagi rekord sohibi sanaladi – 9,58 va 19,19 soniya.

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar