Главная » 2015 » Декабрь » 21

Samarqandcha Lacetti: oldi Chevrolet Gentra, orqasi Buick Excelle


  • News
  • 21 Дек 2015(15:43)
  • 1155
  • 0
Samarqand shahri ko‘chalarida yangi ko‘rinishdagi Chevrolet Lacetti harakatlanayotgani aks etgan fotosuratlar Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilindi.

Avtomobilning old qismi O‘zbekistonda 2013-yil noyabridan sotila boshlangan Lacetti Gentra’niki bilan bir xil, biroq orqa tomoni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Lacetti’larning birorta avlodiga o‘xshamaydi.

Dastlab foydalanuvchilarning aksariyati avtomobilning bunday ko‘rinishini tanqid qilgan, hatto bu o‘zgarishni mashina egasi didsizlarcha o‘zi amalga oshirgan, deya ayblaganlar ham chiqqan. Keyinroq esa asosan ijobiy fikrlar bildirilgan, bir qator foydalanuvchilar bunday redizaynni olqishlagan.

“Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan xabarga ko‘ra, modelning orqa tomoni Xitoyda Buick Excelle nomi ostida ishlab chiqarilgan Chevrolet Lacetti’niki bilan bir xil. Buick Excelle ham Chevrolet Lacetti platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, bir necha bor feyslifting qilingan, old va orqa ko‘rinishlari, ayniqsa, chiroqlari butunlay farqli.

Samarqandda suratga olingan avtomobil aynan qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganiga aniqlik kiritilmagan. Biroq, ushbu fotsuratlar ostida izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri 2016-yildan o‘zbekistonlik buyurtmachilarga aynan shunday Lacetti’lar yetkazib berilishini, saloni ham ancha zamonaviylashgani, narxi ham shu sababli sezilarli qimmatlashganini yozgan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar