Главная » 2016 » Февраль » 8

Samarqandda 7-fevral kuni havo haroratining yuqoriligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi


  • News
  • 08 Фев 2016(21:20)
  • 586
  • 0
Samarqandda 7-fevral, yakshanba kuni havo harorati +22,2 darajagacha ko‘tarildi.

Bu 7-fevraldagi kuzatuvlar tarixida qayd etilgan avvalgi, 2006-yilgi rekord (+20,7 daraja) haroratdan +1,5 darajaga yuqori.

Ma’lumot uchun, 7-fevral kuni Toshkent shahrida havo harorati +23,4 darajagacha (rekord 2006-yilda — +24,2 daraja), Termiz shahrida +20,5 darajagacha (rekord 2006-yilda — +21,9 daraja) ko‘tarildi, Nukus shahrida +6,5 darajani qayd etdi (rekord 2013-yilda — +14,2 daraja).

Samarqand shahrida 2016-yil 20-yanvar kuni ham havo haroratining iliqligi bo‘yicha rekord o‘rnatilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Shunga o‘xshash rekordlar joriy qish mavsumida Toshkent, Termiz va Nukus shaharlarida ham qayd etildi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar