Главная » 2015 » Июль » 28

Samarqandda ikki oy ichida yangi istirohat bog‘i qurildi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:23)
  • 557
  • 0

Shu kunlarda Samaqqandda atigi ikki oy ichida qurilgan yangi istirohat bog‘i ishga tushadi, deb xabar beradi “Nuz.uz”.

 

Beshta attraksion, tovlanuvchi favvora va ikkita pavilyonni o‘z ichiga olgan istirohat bog‘i bir gektarga yaqin hududda barpo etildi. Shuni ta’kidlash joizki, “Chashma” mahallasida joylashgan eski xiyobon qurilishga qadar xarobaga aylanib qolgan edi. Istirohat bog‘ining loyihaviy, shuningdek qurilish-montaj ishlari joriy yilning may oyi oxirida boshlangan edi. Yangi bog‘ga hukumat “Shaboda” deb nom berdi.

Foto: nuz.uz

Qurilish kompaniyasi rahbari Shavkat Jamolovning ta’kidlashicha, “Shaboda” hududidagi pavilyonlar kunduzi ham, kechasi ham bog‘ni kuzatish uchun qulay tarzda qurilgan. Bog‘ atrofidagi turar-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bunday o‘zgarishlarni anchadan buyon kutganligini yashirmadi.

Yangi bog‘ avgust oyining oxirida, mustaqillik kuni arafasida foydalanish uchun topshiriladi.

 

 

 

 
Всего комментариев: 0
avatar