Главная » 2015 » Ноябрь » 7

Samarqandlik xonanda Moskvagacha bo‘lgan 3,5 ming kilometrni velosipedda bosib o‘tdi


  • News
  • 07 Ноя 2015(20:05)
  • 630
  • 0
Samarqandlik xonanda va aktyor, “Registon” ansambli rahbari Xursand Sherov velosipedda Rossiya poytaxti Moskvaga safar qildi.

Sherovning ta’kidlashicha, u 26-sentabr kuni O‘zbekistondan yo‘lga chiqib, 22-oktabrda Moskvadagi Ozarbayjon va rus opera hamda estrada yulduzi Muslim Magomayev xotirasiga o‘rnatilgan haykal oldiga yetib borgan.

“3,5 ming kilometrdan iborat yo‘lni salkam bir oy muddat ichida bosib o‘tish men uchun oson bo‘lmadi. Allohga shukr, safar davomida meni asradi va ko‘plab yaxshi, saxiy insonlarni ro‘para qildi”, — deydi san’atkor.

“Registon” ansambli rahbarining ta’kidlashicha, u Muslim Magomayevning ashaddiy muxlisi, uni juda hurmat qiladi. “Safarimni uning xotirasiga bag‘ishlaganman”, — deydi Xursand Sherov.
Всего комментариев: 0
avatar