Главная » 2015 » Сентябрь » 14

Samsung Galaxy S6 Edge+ smartfoni Toshkentda 3,9 mln so‘mdan sotila boshladi


  • News
  • 14 Сен 2015(18:58)
  • 494
  • 0
Avgust boshida taqdim etilgan Samsung Galaxy S6 Edge+ O‘zbekistonda sotila boshladi.

Galaxy S6 Edge+ smartfoni deyarli avvalgi Galaxy S6 Edge smartfonining nusxasi hisoblansa-da, uning ekrani kattalashtirilgan. Yangi modelning ekrani ham egikdir.

Qurilma 5,7 dyuym va 2560×1440 pikselli Super AMOLED displey, sakkiz yadroli Exynos 7420 protsessori, 4 Gb tezkor xotira, 16 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida Samsung Galaxy S6 Edge+ (32 Gb) taxminan 3,9 million so‘mga sotilmoqda.
Всего комментариев: 0
avatar