Главная » 2016 » Март » 13

Samsung Galaxy S7’da e’lon qilinmagan funksiyani aniqlashdi


  • voydodaxek
  • 13 Мар 2016(14:19)
  • 853
  • 0

Ekspertlar Samsung’ning yangi flagman smartfonlarida e’lon qilinmagan funksiyani aniqladi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Galaxy S7 va S7 edge Wi-Fi simsiz tarmog‘iga mustaqil ravishda ulanib, repiter sifatida boshqa qurilmalar uchun simsiz aloqani ta’minlay oladi.

Funksiya sozlamalar menyusidagi “Aloqaning mobil nuqtasi va tuguni” bandida ishga tushiriladi.

Modem rejimida smartfon, masalan, axborot uzatish rejimi (EDGE, 3G, 4G va hokazo)dan foydalanib, internetga ulanadi. So‘ng u modem rolini bajargan holda boshqa qurilmalar uchun internet aloqasini tashkil qiladi (USB orqali ulanganida simli, Wi-Fi yoki Bluetooth orqali esa — simsiz).

Samsung Galaxy S7 va S7 edge modem rejimida ham ishlay oladi, “Wi-Fi orqali Wi-Fi tarqata” ham oladi. Bunda ular ma’lumotlarni, masalan, internetga ulangan marshrutizator yoki aloqa nuqtasidan oladi, so‘ng Wi-Fi orqali tarqatadi.

E’lon qilinmagan ushbu funksiya Wi-Fi-marshrutizatordan chiqayotgan signal kuchsiz bo‘lgan holatlarda dolzarbdir. Smartfonlar, repiter rolini bajarar ekan, uni kuchaytiradi va tarmoq qamrovini kengaytiradi.

Теги: Samsung Galaxy S7’da e’lon qilinmag

Всего комментариев: 0
avatar