Главная » 2015 » Декабрь » 25

Samsung Galaxy S7 dizayni fosh bo‘ldi


  • News
  • 25 Дек 2015(20:33)
  • 354
  • 0
G‘iloflar ishlab chiqaruvchi kompaniya Samsung Galaxy S7 smartfonining tashqi qiyofasi qanday bo‘lishini oshkor qildi.

Tarqalgan suratlarda Galaxy S7’dagi “Uyga” tugmasi metall gardishsiz qolgani va to‘rtburchak shaklga kelganini ko‘rish mumkin. O‘ng yonboshga quvvatlanish tugmasi, chap tomonga balandlikni boshqarish tugmasi joylashdi.

O‘zgarishlar kameralarga ham tegishli bo‘ldi. Endi asosiy kamera korpus ustida bo‘rtib turadi, old kamera esa ekran ustidagi panel markazidan o‘ng burchakka ko‘chirildi.

Samsung kompaniyasi Galaxy S7 bilan birga Galaxy S7 Plus va Galaxy S7 edge smartfonlarini ham taqdim etishi rejalashtirilgan.

Теги: Samsung Galaxy S7 dizayni fosh bo‘l

Всего комментариев: 0
avatar