Главная » 2015 » Декабрь » 16

Samsung iPhone’dan nusxa ko‘chirgani uchun yarim milliard dollar to‘lash fikridan qaytdi


  • News
  • 16 Дек 2015(21:45)
  • 436
  • 0
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Amerikaning Apple kompaniyasi iPhone smartfonidan nusxa ko‘chirganlik ishi bo‘yicha AQSh Oliy sudiga navbatdagi apellyatsiya shikoyatini berdi.

Dekabr oyi boshida Samsung iPhone dizayni patenti va smartfonda qo‘llanilgan texnologiyalarga patentni buzgani uchun yarim milliard dollar tovon puli to‘lashga rozi bo‘lgan edi. Biroq kompaniya qarshi da’vo bilan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolgan edi.

Samsung o‘z arizasida “patentlangan burchaklari aylana old panel va ishchi stolidagi yorliqlar belgisi” uchun tovon puli to‘lash nohaqlik bo‘lishini ma’lum qildi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, so‘z qoshiq yoki gilam haqida yuritilganda, dizayn patenti hal qiluvchi masala bo‘lishi mumkin. Biroq smartfon kabi ko‘p funksiyaga ega qurilma bilan bog‘liq holatda tashqi ko‘rinish “uning favqulodda funksiyalari bilan umuman bog‘liq emas”, deb hisoblamoqda kompaniya.

Bu Koreya kompaniyasining cho‘zilib ketgan patent urushini o‘z foydasiga hal qilishdagi so‘nggi urinishidir.

Теги: Samsung iPhone’dan nusxa ko‘chirgan

Всего комментариев: 0
avatar