Главная » 2015 » Декабрь » 6

Samsung iPhone’dan nusxa ko‘chirganini tan oldi va Apple’ga yarim milliard dollar to‘lab beradi


  • News
  • 06 Дек 2015(19:56)
  • 633
  • 0
Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi Apple smartfonidan nusxa ko‘chirgani uchun AQSh kompaniyasiga 548 million dollar tovon to‘lashini tasdiqladi.

Samsung mablag‘ni iPhone dizayni patenti va smartfonda qo‘llanilgan texnologiyalarga patentni buzgani uchun to‘laydi. Kompaniyalar dam olish kunlariga qadar Apple mazkur summaga hisob taqdim etishi to‘g‘risida kelishib oldi.

Janubiy Koreya kompaniyasi kelajakda o‘zining haqligiga dalillar topgudek bo‘lsa, qarshi da’vo bilan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoldi. Bu Samsung sud talabiga ko‘ra emas, ixtiyoriy ravishda pul to‘layotgan ilk holat.

Apple 2011-yilda Galaxy S iPhone tashqi ko‘rinishini takrorlagani uchun Samsung’ni sudga bergan, shundan so‘ng bu ikki gigant o‘rtasida tortishuvlar boshlangandi.
Всего комментариев: 0
avatar