Главная » 2015 » Ноябрь » 9

Samsung O‘zbekistonda piroliz zavodini quradi


  • News
  • 09 Ноя 2015(17:13)
  • 889
  • 0
Janubiy Koreyaning Samsung Engineering kompaniyasi O‘zbekistondagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi bazasida piroliz zavodini qurishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Samsung va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Janubiy Koreya kompaniyasining loyihadagi ishtiroki haqida memorandum imzolagan. Uning doirasida Samsung 2016-yil apreligacha loyihani amalga oshirish bo‘yicha texnik taklifni tayyorlashi kerak, shundan so‘ng tomonlar hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qiladi.

Memorandum Toshkentda 5—6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiyaviy forum doirasida imzolangan.

Теги: Samsung O‘zbekistonda piroliz zavod

Всего комментариев: 0
avatar