Главная » 2015 » Июль » 18

Samsung va Apple elektron SIM-kartalar chiqarmoqchi


  • Admin
  • 18 Июл 2015(12:03)
  • 414
  • 0

Samsung va Apple kompaniyalari uyali aloqa operatorlari bilan elektron SIM-kartalar chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi The Financial Times.

Foto: ndtv.com

Bunday SIM-karta “mobil qullik”dan qutulishga imkon beradi: telefondan SIM-kartani chiqarib o‘tirmasdan operatorni bemalol almashtirish mumkin bo‘ladi. SIM-karta smartfon, planshet yoki boshqa gadjetning o‘ziga o‘rnatilgan bo‘ladi.

Yangi texnologiyani butun dunyodan ko‘plab uyali aloqa operatorlarini birlashtirgan GSMA uyushmasi joriy etmoqchi. Biroq bu 2016-yildan oldin sodir bo‘lmaydi.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar