Главная » 2015 » Июль » 18

Samsung va Apple elektron SIM-kartalar chiqarmoqchi


  • News
  • 18 Июл 2015(22:29)
  • 688
  • 0
Samsung va Apple kompaniyalari uyali aloqa operatorlari bilan elektron SIM-kartalar chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Bunday SIM-karta “mobil qullik”dan qutulishga imkon beradi: telefondan SIM-kartani chiqarib o‘tirmasdan operatorni bemalol almashtirish mumkin bo‘ladi. SIM-karta smartfon, planshet yoki boshqa gadjetning o‘ziga o‘rnatilgan bo‘ladi.

Yangi texnologiyani butun dunyodan ko‘plab uyali aloqa operatorlarini birlashtirgan GSMA uyushmasi joriy etmoqchi. Biroq bu 2016-yildan oldin sodir bo‘lmaydi.

Manba: Daryo.uz
Всего комментариев: 0
avatar