Главная » 2016 » Март » 8

Samsung va Philips o‘z televizorlarida 3D texnologiyasidan voz kechadi


  • voydodaxek
  • 08 Мар 2016(15:56)
  • 335
  • 0

Samsung va Philips korporatsiyalari o‘z televizorlarida 3D texnologiyasini qo‘llashdan voz kechishlarini ma’lum qildi. Bu haqda Forbes’ga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.

2016-yildan ikki kompaniyaning yangi televizorlari 3D funksiyasisiz chiqariladi. Bu talabning pastligi, shuningdek, ushbu formatga mo‘ljallab tayyorlanadigan kontentning ozligi bilan tushuntirildi.

“3D o‘ldi. U rostan ham hech kimga kerak emas. Yana u televizorlarni juda murakkablashtirib yuboradi. Texnologiya shunchaki iste’molchilarning talablariga javob bermaydi”, — dedi Philips’ning mahsulotlarni rejalashtirish bo‘yicha direktori Denni Tek.

Boshqa kompaniyalar ham 3D TV ishlab chiqarish hajmini kamaytirmoqda. 2016-yilda LG bunday televizorlarni 2015-yilgiga nisbatan ikki barobar kamroq ishlab chiqaradi, Sony esa texnologiyani faqat top modellarida qoldiradi.

Shunga qaramay, 3D-kinoteatrlar anchayin daromadli biznesga aylanib ulgurgan, shu bois ushbu texnologiyaning butunlay yo‘qolib ketishi ehtimoldan uzoq, deb hisoblaydi mutaxassislar.

Теги: Samsung va Philips o‘z televizorlar

Всего комментариев: 0
avatar