Главная » 2015 » Декабрь » 25

Santa-Klaus butun dunyoni aylanib chiqib, 7 milliarddan ortiq sovg‘a ulashdi


  • News
  • 25 Дек 2015(20:47)
  • 264
  • 0
Rojdestvoda bolalarga sovg‘a ulashish uchun yo‘lga chiqqan Santa-Klaus o‘zining dunyo bo‘ylab sayohatini yakunladi va Shimoliy qutbga qaytib keldi.

O‘z sayohati davomida Santa-Klaus dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan, Rossiyaning bir qator shaharlariga tashrif buyurdi. U tashrif buyurgan oxirgi punktlardan biri Gavayidagi Gonolulu shahri bo‘ldi.

Sayohati davomida Santa-Klaus 7 281 439 471 ta sovg‘a tarqatdi.

Bu safar Santa urush o‘chog‘idagi Suriyani ham chetlab o‘tmadi. U Aleppo shahriga tashrif buyurdi. Somali va Bruney hukumati ushbu davlatlarda Rojdestvoni nishonlashni taqiqlaganligiga qaramasdan, Santa-Klaus Mogadisho va Bandar-Seri-Begavan shahri bolalariga ham sovg‘alar ulashdi.

Chanada sovg‘alar tashuvchi Santa-Klaus va bug‘u Rudolfning harakatlanishini kuzatish uchun har yili AQSh va Kaliforniyaning turli hududlarida joylashgan o‘nlab radiolokatsiya stansiyalaridan foydalaniladi.

Теги: 7 milliarddan ortiq sovg‘a ulashdi, Santa-Klaus butun dunyoni aylanib c

Всего комментариев: 0
avatar