Главная » 2017 » Июль » 2

Sardor Rahimxon mish-mishlarga chek qo'ydi


  • Ies_92uz
  • 02 Июл 2017(12:34)
  • 1233
  • 0

O'zbekistonda Xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxonning "Onam" qo'shig'i va unga ishlangan klip ommaga taqdim etilgach, ushbu qo'shiq borasida turli mish-mishlar tarqala boshladi. Mish-mishlarga ko'ra Sardor Rahimxon ushbu qo'shiqni yosh bir ijodkordan tortib olgan emish. Aslida esa...

Haqiqatda ham ushbu qo'shiqni avvalroq yosh ijodkor Mashhurbek Yo'ldoshev kuylagan va hattoki klip ham ommaga taqdim etilgan. Mashhurbek Sardor Rahimxonning shogirdi ekanligi va ijodkor ushbu qo'shig'ini ustozi Sardor Rahimxonga o'z xohishiga ko'ra sovg'a qilganligini aytib o'tdi. Jumladan Sardor Rahimxon ham aynan ushbu qo'shiqni sovg'a tariqasida qabul qilganini ta'kidlab o'tdi.

Ko'rib turganingizdek, masalaning yechimi juda ham oddiy va hech kim og'rilik  sodir etgani yo'q. Shunday ekan, xurmatli muhlislar, turli-mish-mishlarga ishonmaslikni va eng muhimi, ularning tarqalishiga hissa qo'shmasligingizni so'ragan bo'lar edik. Ba'zi telegram kanallar va saytlarning bu mavzu borasida noto'g'ri maqolalarni xalqga taqdim etayotganliklari uchun ijodkorlar sudga murojaat etishga xaqli! Sayt va telegram kanallarining administratorlari qat'iyan yodingizda tuting! Bundan kiyingi aynan shu qo'shiq to'g'risida noto'g'ri maqola yoki mish - mishlar chiqarilsa ijodkorlar tomonidan sudga murojaat etiladi. Quyida esa Mashhurbek Yo'ldoshevning qo'shiqni taqdim etganligini tasdiqlovchi video!

Всего комментариев: 0
avatar