Главная » 2015 » Декабрь » 16

Sardor Rashidovning goli Qatar chempionatida 13-turning eng chiroyli goli deb topildi


  • News
  • 16 Дек 2015(21:46)
  • 682
  • 0
Qatar Yulduzlar Ligasi 13-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan o‘yinda musobaqa jadvalida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda borayotgan “Al Jaish” hamda “Al Sadd” klublari o‘zaro to‘qnash keldi va unda “Al Jaish” 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 50-daqiqasida esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Sardor Rashidov kiritgan gol Yulduzlar Ligasida 13-turning eng chiroyli goli deya tan olindi. Qatar Yulduzlar Ligasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Rashidov kiritgan golga muxlislar eng ko‘p ovoz berishdi. Sardor qolgan 3 ta ta’qibchisini katta farq bilan ortda qoldirdi va 52% ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.

Ta’kidlab o‘tamiz, Qatar milliy chempionatida 13 ta o‘yin o‘tkazgan Sardor Rashidov shu paytga qadar 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga erishdi va u to‘purarlar orasida bormoqda.

Теги: Sardor Rashidovning goli Qatar chem

Всего комментариев: 0
avatar