Главная » 2016 » Август » 21

Saudiya Arabistonida uch nafar IShID jangarisi qo‘lga olindi


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:28)
  • 289
  • 0
Saudiya Arabistoni huquqni muhofaza qilish organlari IShID terrorchilik guruhi jangarilari deb gumon qilinayotgan uch kishini hibsga oldi, ular harbiy xizmatchining o‘limiga aloqadorlikda gumonlanmoqda, deb yozadi “Vedomosti” qirollik ichki ishlar vazirligiga tayanib. Avvalroq “Sinxua” agentligi mahalliy OAVlarga tayanib, Saudiya Arabistoni va Yaman chegarasi yaqinidagi Jizan shahrida iste’fodagi brigada generali Ahmad al-Asiriy o‘ldirib ketilganini ma’lum qilgan edi. Gumonlanuvchilar orasida ikki yamanlik va bir saudiyalik bor. Ular jinoyat IShID buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirilganini tan oldi. Ulardan birining uyidan qotillik amalga oshirilgan qurol topildi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar